Qo‘qqisdan hujumga o‘tgan "dushman" tezkorlik bilan yakson etildi

Shartli dushman  vertoletdan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi.  
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vazirligi tomonidan Chirchiqdagi harbiy poligonda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda shartli dushman havodan tushurilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Qo‘qqisdan hujumga o‘tgan "dushman" tezkorlik bilan yakson etildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi - qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishdir.

Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari, yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman yaqiniga vertolotlar yordamida olib kelinadi. Shundan so‘ng ular "dushmanni"  qurshovga olib oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qildi.

Qo‘qqisdan hujumga o‘tgan "dushman" tezkorlik bilan yakson etildi

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari yengil zirhli texnikalarda ham yetib kelib, qisqa muddat ichida “dushman”ni yer tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.