Mahmud Murodovning shiddatli g‘alabasi

O‘zbekistonlik Mahmud Murodov Pragada bo‘lib o‘tgan OKTAGON MMA turnirida nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Maxmud Murodov braziliyalik Udo Alberto Pereyra ustidan mutlaq ustuvorlik bilan g‘alaba qozondi.

Yil nokauti: MMA kurashchisi jangni chiroyli uslubdagi zarba bilan yakunladi - video

OKTAGON MMA turniri doirasida Pragada bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik yakkakurashchi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Jang Murodovning o‘ta shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Raqibini yuriga bergan zarbasidan so‘ng qulab tushdi, shundan so‘ng Murodov yana 2-3ta zarba berishga ulgurdi, shundan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.

Maxmud Murodov Tojikistonda tug‘ilgan, 2 yoshida oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan. Murodovlar oilasi Buxoroda yashaydi. Sportga yoshligidan qiziqqan, o‘zining birinchi murabbiyi deb akasi Ruslanni tan oladi. Ayni damda Maxmud Chexiyada yashab kelmoqda.