Toshkentda kuchli shamol: haydovchilar jiddiy xavotirda

So‘nggi paytlarda ob-havo Toshkentga “erkalik” qilyapti. Kuni kecha kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaharni suv bosib qolgan edi. Keyin esa Toshkent osmondan yoqqan tuxumdek keladigan do‘llar bilan “siylandi”. Bugun kuchli shamol...
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Bugun Toshkent shahrida ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi

Hokimlikning “O‘zgidromet” xabariga tayanib xabar qilishicha, poytaxtda vaqti-vaqti bilan kuchli shamol esadi.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmaslii uchun, bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol oqibatlari aks etgan suratlar paydo bo‘la boshladi.

Foydalanuvchilar Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomlari uchib tushgani, ayrim joylarda daraxt yoki katta shoxlar sinib, avtomobillarni bosib qolganini ma’lum qilishmoqda.

Afsus bilan qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda ob-havo Toshkentga “erkalik” qilyapti. Kuni kecha kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaharni suv bosib qolgan edi. Keyin esa Toshkent osmondan yoqqan tuxumdek keladigan do‘llar bilan “siylandi”.