Telegram asoschisi bir oy ovqat yemasligini aytdi

Durovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15-yil ichida u alkogol, kofein, go‘sht, dori va fast-fud iste’mol qilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Rossiyalik ishbilarmon, milliarder, Telegram messendjeri asoschisi Pavel Durov bir oy ovqat yemasligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z kanalida xabar yozdi.

Pavel Durov Telegram kompaniyasini tugatishga qaror qildi

Durovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15-yil ichida u alkogol, kofein, go‘sht, dori va fast-fud iste’mol qilmagan va u sog‘lig‘i jihatidan yaxshi natijalarga erishdi.

Shuningdek, bir yil avval irodani mustahkamlash maqsadida Durov o‘z ratsionidan glyuten, sut mahsulotlarni, tuxum va fruktozani olib tashladi. Bundan tashqari may oyida faqat baliq va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilishni boshladi.

Rossiyalik tadbirkor so‘nggi olti kun davomida faqat suv ichganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday parhez oqibatida mushaklar massasi yo‘qotishi mumkin, biroq messendjeri uchun unga yangi fikrlar kelishi mumkin.