Podmoskovyeda 11 yoshli o‘quvchi qizni zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi

Qizcha 46 yoshli o‘zbekistonlik erkak tomonidan bir necha marta zo‘rlangani aytilmoqda. Qizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning 21-22 haftalik homilasi borligini aniqlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Moskva viloyatining Litkarino shahrida 11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan erkak hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

“11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinuvchi 46 yoshli erkak hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga qaraganda, 2018-yil iyun oyidan 2019-yil yanvar oyiga qadar bir necha marta yosh qizchaning nomusiga tekkan. Qayd etilishicha, qizcha uning qizining dugonasi bo‘lgan.

Qizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning 21-22 haftalik homilasi borligini aniqlashgan.

“KP” nashrining huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib yozishicha, gumon qilinuvchi shaxs sifatida O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan.

Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlangani xabar qilingan edi.