O‘zbekiston FVV sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

FVV ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. 2019-yil 8-10 iyun kunlari Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zbekiston FVV xabar qildi.

“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelgada, FVVning 10-20 raqamiga murojaat yetishingini iltimos qilamiz”, - deyilgan xabarda.