TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Jizzax viloyatida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.
Xabarda aylishicha, 04.06.2019 yil soat 17:25 larda Jizzax shahar, “Xayrobod” mahallasida yashovchi A.B. (1966 y.t.) Sharof Rashidov tumani, “Xayrobod” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida tanishi F.X. (1965 y.t.) bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan F.X.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, sanchilib kesiluvchi jarohat yetkazgan.
Natijada, F.X. voqea joyidan tan jarohati bilan qochishga urinib, dala maydonida ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.
04.06.2019 yilda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.B. tegishli protsessual tartibda ushlangan.