Chirchiqda kursantlar tanklarda suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi - video

Kursantlar tanklar yordamida suv ostida harkatlanish mashqlarini bajarishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Chirchiqda kursantlar tanklar yordamida suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida “Chirchiq” poligonida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazilgandi. T-62, T-64 va T-72 tanklari “Qudratli texnikalar jangi” musobaqasi ishtirokchilari sun’iy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qo‘rg‘on, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali ko‘prik maketi va boshqa to‘siqlardan iborat umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Tadbirda 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolot ishtirokida bayramga bag‘ishlab parad o‘tkazildi.