Toshkentda yangi Chevrolet Traverse va Trailblazer avtomobillari paydo bo‘ldi – foto

Yangi avtomobillar shaharning ko‘plab tumanlarida paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Toshkent aholisi shahar ko‘chalarida yangi Chevrolet Traverse va Trailblazer avtomobillarini ko‘rishdi. Bu haqda Repost.uz xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shaharning turli chekkalarida avtomobil suratga olingan rasmlarni joylashtirishdi.

Toshkentda yangi Chevrolet Traverse va Trailblazer avtomobillari paydo bo‘ldi – foto

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan may oyi yakunida yangi modellarni taqdimotini o‘tkazgandi.

Toshkentda yangi Chevrolet Traverse va Trailblazer avtomobillari paydo bo‘ldi – foto

Taqdimot marosimi Nurafshon Avtocentr avtosalonida o‘tkazildi. Marosimda Chevrolet Equinox, Chevrolet Traverse va Chevrolet Trailblazer avtomobillari namoyish qilindi.