TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachev shifoxonada. Bu haqda u RIA Novostiga ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Gorbachov shifoxonada o‘z kitobi ustida ish olib bormoqda.
“Men shifoxonadaman, anchadan buyon”, - degan Gorbachov.
Shuningdek, u yaqin kunlarda kitobi chop etilishini qo‘shimcha qilgan.
Joriy yilning mart oyida Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti 88 yoshni qarshi oldi.