Men “to‘y generali” emasman - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin u barcha xorijiy tadbirlarda qatnashadigan to‘y generali emasligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin nima uchun Normandiyada bo‘ladigan tantanaga taklifnoma olmagani yuzasidan izoh berdi.

Kim Chen In va Putin bir-biriga nima sovg‘a qildi - video

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham o‘z bayram tadbirlariga hammani taklif qilmaydi.

“Biz ham hammani taklif qilmaymiz. Hamma joyda chaqirilishi uchun, men to‘y generali emasman”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida Yevropada ittifoq qo‘shinlari tushirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aynan Normandiyada mashhur 150 ming harbiylar tushirilgandi.

Ta’kidlanishicha, bu Fransiyani natsistlardan ozod qilish boshlandi va “ikkinchi front” ochilishi rasmi hisoblanadi.