TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiyalik aralash kurash jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Porye bilan bo‘ladigan jang haqida Instagram sahifasida izoh yozdi.
“Abu-Dabida urush bo‘ladi”, - deb yozgan rossiyalik sportchi.
Bu jang 7-sentabr kuni UFC 242 musobaqasida o‘tkaziladi. Bu diskvalifikatsiyadan so‘ng Nurmagomedov uchun birinchi jang bo‘ladi.
Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27-marta g‘alaba qozongan.
Bundan avval Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzolagandi. Unga ko‘ra, u eng ko‘p maosh oladigan jangchi bo‘ldi.
Nurmagomedov Abu-Dabida amerikalik Dastin Puarye bilan jang qiladi.
Bu haqda "Dastin Puarye, bortga xush kelibsiz", deb yozgan Nurmagomedov Twitterda o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabrda o‘tkazilgan edi. Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.
Joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.