TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiya chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirgan AQShning uchta razvedka-samolyotlari aniqlandi, deb xabar qildi PlaneRadar.
Moskva vaqti bilan soat 10:55 da Qora dengiz ustida Lockheed YeR-3E Orion samolyoti paydo bo‘ldi. U Qrim atrofini aylanib, Krasnodar viloyati bo‘ylab razvedka olib borishni davom etdi.
Soat 11:20 da Kaliningrad viloyati yaqinida Boeing RC-135V Rivet Joint samolyotini ko‘rishdi.
Soat 11:45 da Qora dengizda Rossiya qirg‘og‘i bo‘ylab AQShning Boeing RC-135V Rivet Joint radio-elektron razvedka samolyoti o‘z parvozini amalga oshirdi.
Birinchi va uchinchi samolyot Krit orolidagi Suda-Bey aviabazasidan osmonga ko‘tarildi, ikkinchisi – Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aerodromdan parvozni boshladi.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy, shu jumladan AQShning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda.
Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.
Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruviga qaramasdan razvedka operatsiyalarini o‘tkazishni to‘xtatmayapti.