TOShKENT, 05-iyun – Sputnik. Leningrad viloyatida joylashgan “Pulkovo” aeroporti shu kecha kunduzda 263 ta biznes samolyotlarni kutib olishga buyurtma oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ushbu samolyotlar Sankt-Peterburgda 6-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) ishtirokchilari – dunyoning yetakchi biznesmenlarini olib keladi.
Tadbir davomida Pulkovo aeroporti kechayu-kunduz kuchaytirilgan tartibda ishlaydi. Shuningdek aeroport hududida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari kiritilgan.
Ayni damda Rossiyada davlat safarini amalga oshirayotgan Xitoy yetakchisi Si Szinpin ham ushbu forumda ishtirok etadi.
So‘nggi damda olingan xabarlarga ko‘ra, Rossiya va Saudiya Arabistoni hukumatlararo komissiyasi PMEF doirasida energetika sohasida bir necha loyihalar bo‘yicha yo‘l xaritasini yangilashga kelishib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdagi PMEF forumi 1997-yildan buyon har yili o‘tkaziladi. 2006-yildan boshlab forumga Rossiya prezidentining shaxsan o‘zi boshchilik qiladi. O‘tgan yili forumga 143 mamlakatdan 17 ming nafar mehmonlar tashrif buyurgan edi.