Penzada YTHga uchrab, bosh miya jarohati olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Kecha M5 “Ural” trassasida Hyundai mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mikroavtobusdagi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosidan 8 nafari bosh miya jarohatini olgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Penzadagi YTHda jarohat olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi.

TIVning O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha , 4-iyun kuni ertalab soat 9:10da Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” trassasida Hyundai mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mikroavtobusdagi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosidan 8 nafari bosh miya jarohatlari bilan Penza viloyati Kuznesk tumanlararo kasalxonasiga joylashtirilgan:

1. Safarov Nurulla, 16.07.1989 y.da tug‘ilgan;
2. Egamberdiyev Ravshan Halimjonovich, 08.07.1987 y.da tug‘ilgan;
3. Qosimov Fazliddin Bahriddinovich, 05.03.1986 y.da tug‘ilgan;
4. Turdialiyeva Sohibaxon Jo‘rayevna, 24.03.1973 y.da tug‘ilgan;
5. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968 y.da tug‘ilgan;
6. Abdiravibov Musurmon Abdixalil o‘g‘li, 15.05.1995 y.da tug‘ilgan;
7. Abdurayimov Sunnat Islomiddinovich, 06.05.1995 y.da tug‘ilgan;
8. Patirloyev Sherali Xolnazarovich, 06.09.1983 y.da tug‘ilgan.

Penzada O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Xabarda Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingani qayd etilgan.

Avvalroq Penza yaqinidagi YTHda O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi jabrlangani xabar qilingan edi.