Niderlandiyada jinsiy zo‘rovonlik qurboni bo‘lgan qiz evtanaziya qilindi

Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Niderlandiyalik 17 yoshli Noa Potxoven evtanaziyadan faydalanib, bu yorug‘ olamni tark etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Britni Spirs ilon bilan tushgan raqsi muxlislarni hayratda qoldirdi

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘smirligida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangani sabab posttravmatik stress, tushkunlik va anoreksiyadan aziyat chekkan. U uzoq yillar psixiatrik klinikalarda davolangan, 16 yoshida “G‘alaba qozonish yoki o‘qish” nomli avtobiografik kitob ham yozgan.

Shifokorlar qiz 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib unga inyeksiya yuborgan.

Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra, shifokor bemorning og‘riqlarini chidab bo‘lmas darajada deb topsa, 12 yoshdan oshganlar evtanaziya qilinishi mumkin. 17 yoshdan oshgan fuqarolargina ota-onasining roziligisiz evtanaziyadan foydalana oladi.