Eng ko‘p maosh oladigan jangchi: Nurmagomedovning keyingi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Nurmagomedov eng ko‘p maosh oladigan UFC jangchisi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzoladi. Unga ko‘ra, u eng ko‘p maosh oladigan jangchi bo‘ldi.

Habib Nurmagomedov otasi bilan kurash tushdi - video

Kuni kecha UFC yengil vazn toifasida chempion Nurmagomedov 7-sentabr kuni Abu-Dabida amerikalik Dastin Puarye bilan jang qiladi.

Bu diskvalifikatsiyadan so‘ng Nurmagomedov uchun birinchi jang bo‘ladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27-marta g‘alaba qozongan.

"Dastin Puarye, bortga xush kelibsiz", - deb yozdi Nurmagomedov Twitterda o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Habib Nurmagomedov yana ayiq bilan kurash tushdi - video

Joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.