Qirg‘iziston DChX raisi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hamkasb, dushman emas

Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmati raisi polkovnik Ularbek Sharsheyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasilarining hamkorlikdagi faoliyati to‘g‘risida gapirdi
Sputnik

Eslatib o‘tamiz, demarkatsiya loyihasi doirasida bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma imzolangan, bu hujjat tufayli ikki davlat o‘rtasidagi chegaradosh hududning 85 foizi to‘liq belgilab bo‘lingan.

Ikki davlat chegara xizmatlari o‘rtasidagi yaqindan hamkorlik respublikalar chegarasidagi yanada samarali harakatlarga yordam bermoqda, deya hikoya qilgan Sharsheyev Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusida.

Oxirgi vaqtlarda chegaradosh hududlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida mojaroli holatlar yuzaga kelmagan. Chegarachilar o‘rtasidagi faol muloqot va yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi harakatlar tufayli turli xildagi "hodisalarning" sonini sezilarli kamaytirib kelmoqda.

Qirg‘iziston DChX raisi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hamkasb, dushman emas