Talabaning yo‘nalishini o‘zgartirishga va’da qilgan shaxs pora bilan qo‘lga tushdi

Fuqaroning Farg‘ona politexnika instituti “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan shaxs hibsga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Farg‘onada institut talabasini bir yo‘nalishdan boshqasiga o‘tkazib qo‘yish uchun 3000 dollar so‘ragan o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i qo‘lga olindi.

Toshkentda egasi vafot etgan uyni 22 500 dollarga pullagan firibgarlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institutning 1-kursida “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.

Qayd etilishicha,  shundan, 1,5 ming  dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston  Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.