Kiyevda mast politsiyachilar yaralangan 5 yoshli bola vafot etdi: Zelenskiy munosabat bildirdi

Kiyev viloyatida ikki nafar mast politsiya xodimi bankalarga qarata o‘q uzishga qaror qilishgan. O‘qqa tutish vaqtida ularning o‘qlaridan biri o‘z uyi yaqinidagi o‘yin maydonchasida o‘ynagan 5 yoshli bolani jarohatlagan.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev viloyatida mast politsiya xodimlarining otishmalaridan so‘ng 5 yoshli bolaning halok bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Zelenskiy siyosatchilarga shaurma yeyishni tavsiya qildi

“Albatta, dunyodagi hech narsa qarindoshlariga va yaqinlariga tasalli bera olmaydi. Biroq men – prezident va ota sifatida – sizni ishontirib aytamanki, jinoyatchilar adolatli jazolanishi uchun hamma narsani qilaman. Hech qanday shafqat ko‘rsatilmaydi. Ishni bosti-bosti qilishga urinishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu fojia saboq bo‘lishi lozim. Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga ma’sul bo‘lganlar har daqiqada o‘z mas’uliyatlarini yodda tutishlari shart. Hayot davomida. Odamlar oldida, xalq oldida, mamlakat oldida”, - deya yozgan davlat rahbari Facebook᾽da.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 31-may kuni ikki  nafar mast politsiya xodimi bankalarga qarata o‘q uzishga qaror qilishgan. Otish vaqtida ularning o‘qlaridan biri o‘z uyi yaqinidagi o‘yin maydonchasida o‘ynagan bolani jarohatlaydi. Bola shifoxonaga yotqiziladi.  Biroq olingan jarohat tufayli 3-iyun kuni vafot etadi. Hozirda jinoyat sodir etishda gumonlanuvchi ikki nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qo‘lga olingan.