Hayit bayramiga sovg‘a: Surxondaryoda harbiy xizmatchilar yangi uylarda kutib oladi

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi

Harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

2018 yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.