O‘zbekistonda mehmonxona qurish uchun subsidiya ajratishga doir hujjat tasdiqlandi

Investorlarning mehmonxonalari 3 yulduzli toifaga kirsa va xonalari 50 tadan kam bo‘lmasa yoki 4 yulduzli va 100 ta xonadan kam bo‘lmasa Davlat budjetidan subsidiya beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Nizomga muvofiq, investorlarning mehmonxonalari 3 yulduzli toifaga kirsa va xonalari 50 tadan kam bo‘lmasa yoki 4 yulduzli va 100 ta xonadan kam bo‘lmasa Davlat budjetidan subsidiya beriladi.

Subsidiya bir marta quyidagi miqdorlarda beriladi:

- 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 40 mln so‘m;

- 4 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasiga 65 mln so‘m.

Nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing shartnomasini tuzgan tadbirkorlar shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3-yil davomida har yili bir marta Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Tashkilotlarni moliyalashtirish quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:

- 3 yulduzli dastlabki 50 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 200 dollar;

 -4 yulduzli dastlabki 30 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 400 dollar.

Subsidiya ajratish va moliyalashtirish uchun tadbirkorlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim. Hukumat qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, investorlarning mehmonxonalari 3 yulduzli toifaga kirsa va xonalari 50 tadan kam bo‘lmasa yoki 4 yulduzli va 100 ta xonadan kam bo‘lmasa Davlat budjetidan subsidiya beriladi.

Subsidiya bir marta quyidagi miqdorlarda beriladi:

Afsonaviy “O‘zbekiston” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

- 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 40 mln so‘m;

- 4 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasiga 65 mln so‘m.

Nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing shartnomasini tuzgan tadbirkorlar shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3-yil davomida har yili bir marta Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

 Tashkilotlarni moliyalashtirish quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:

- 3 yulduzli dastlabki 50 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 200 dollar;

- 4 yulduzli dastlabki 30 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 400 dollar.

Subsidiya ajratish va moliyalashtirish uchun tadbirkorlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim.