Ochofat yoxud jo‘jalarini tushliksiz qoldirgan ota laylak qissasi – video

Ijtimoiy tarmoqda laylak ini ustida bevositada o‘rnatilgan kamera tasvirga olgan video keng tarqalmoqda. Amur viloyatida laylak o‘z jo‘jalariga ovqat bermoqchi edi, biroq kutilmaganda...
Sputnik

Ota laylak bir muncha vaqt jo‘jalari shoshmasdan, bamaylixotir baliqni qanday cho‘qishlarini kuzatib turadi, biroq keyin tomdan tarasha tushganday, baliqni bechora bolalari tumshug‘idan yolqib olib, ochko‘zlik bilan yeb qo‘yadi.

Ehtimol, oila boshlig‘i ov qilaman deb qattiq charchagan. Shuning uchun nafsini jilovlay olmasdan, norasidalarini tushlikdan mahrum qildi.

Yoki bo‘lmasam, jo‘jalariga chaqqonlik va epchillikdan saboq berishga ahd qilgan.

Mazkur qiziqarli holat tasvirlangan videoni Sputnik O‘zbekiston e’tiboringizga havola etadi.