Xorazmda kelin mast holatda qaynotasining umriga zomin bo‘ldi

Yigirma yetti yoshli kelin mast holda 50 yoshli qaynotasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Xorazmda kelin mast holatda qaynotasining umriga zomin bo‘ldi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni o‘z himoyasiga oldi

IIV xabariga ko‘ra, 2-iyun kuni Bog‘ot tumanida yashovchi 27 yoshli kelin mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan 50 yoshli qaynotasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan

Ma’lum qilinishicha, natijada qaynota kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etgan kelin qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Samarqandda 10 kunlik kelinchak eri tomonidan ayovsiz kaltaklangani xabar qilingan edi.