TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Istanbulda gilamga o‘ralgan ayolning jasadi o‘zbek pasportlari bilan topilgan.
TIV xabariga ko‘ra, 2019-yilning 30-may kuni Istanbul shahrining Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayolning shaxsini aniqlab bo‘lmagan.
“Voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan qora ayollar sumkasi topilgan”, - deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borayotgan jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari bilan aloqalar o‘rnatgan va ularni o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik o‘rnatishiga yordam beradi.