Bundan buyon AQSh vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoq kerak bo‘ladi

Bundan buyon AQSh vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoq manzillarini xabar qilish kerak bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Bundan buyon AQSh vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoq manzillarini xabar qilish kerak bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

O‘zbekistonga ko‘p martalik viza narxi e’lon qilindi

Yangi qoida 31-maydan boshlab har qanday viza uchun: talabalik, turistik va ishchi vizalar uchun kuchga kirgan. Faqatgina rasmiy delegatsiya vakillari va diplomatlar bundan mustasnodir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, agar siz anketada “ijtimoiy tarmoqda yo‘qman” deb ko‘rsatsangiz-u, keyin uning borligi ma’lum bo‘lib qolsa – buning oqibatlari jiddiy bo‘ladi.

“Bu terrorchilarni va boshqa jamiyatga xavf soluvchi shaxslarni AQSh tuprog‘iga yaiqnlashtirmaslik va immigratsion xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 15-17 may kunlarida Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrif buyurib u yerda Donald Tramp bilan uchrashgan va o‘ndan ortiq shartnomalar imzolangan edi.