“Toshkent metrosi yo‘lovchilar nigohida”: musavvirlar ijodida aks etgan yorqin suratlar

Sputnik

“Metro yo‘lovchining ko‘z o‘ngida” tasviriy san’at ko‘rgazmasi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab tashkil qilindi. Toshkent metrosining kundalik hayoti haqidagi suratlar “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlari o‘rtasida ko‘rish mumkin edi. Suratlar  Benkov nomidagi kollej o‘quvchilari tomonidan chizilgan.

Shahar aholisi va mehmonlari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan surat uchun ovoz berishlari mumkin edi. Tanlov ishtirokchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar, g‘oliblar esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Yosh musavvirlarning ijodlari va metro yo‘lovchilarining his-tuyg‘ulari aks etgan sara suratlarni Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.