Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi

To‘qqiz mamlakat ichki ishlar vazirlari Toshkentda majlis o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tuman 7-bo‘limi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.  

Mehmonlar interaktiv ko‘rinishda foto va videomateriallar yordamida ushbu bo‘lim ish faoliyati va so‘nggi 2-yil ichida ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdi.

Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi

O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan 2018-yil fevrailan boshlab har bir tumanda 7tadan 9tagancha hududiy bo‘linmalar tashkil qilingan edi. Shundan so‘ng IIBning asosiy ish prinsiplari ham belgilab olingan edi . Yangi qonunda IIB mahalla qo‘mitalari va davlat organlari bilan birgalikda harakat qilishi, qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va jonoyatlarning oldini olish belgilab berilgan. Mehmonlarga, shuningdek bo‘lim faoliyatida yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda  moto texnika namoyish qilindi.

Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 30-maydan 1-iyunga qadar MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Kengashi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirlari ishtirok etishdi. 

Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi