Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga 2ta spark avtomobili topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Namanganda 59-an’anaviy “Gul bayrami” festivalining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri, Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga asosan.

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Tantanali tadbir Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov nutqi bilan ochildi. Viloyat hokimi har yili bo‘lib o‘tayotgan Gul bayramiga ortayotgan qiziqish haqida gapirib, bu yil ochilish marosimi kuni 150 ming kishi Bobur bog‘iga tashrif buyurganini, 5 kun davomida esa bir milliondan ziyod kishi bayramga kelganini ta’kidladi.

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Shundan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi boshlandi.  “Gul bayrami” festivalida faol ishtirok etgan ellikdan ziyod korxona tashkilotlar, gulchilar hamda hamkorlar viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda qimmatli sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Gul bayrami-2019”ning asosiy sovrinlari – “Spark” avtomobillariga festivalda eng katta va chiroyli ekspozitsiya tashkil qilgan Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda usta gulchi Azizbek Mamajonov loyiq ko‘rildi. G‘oliblarga avtomobil kalitlarini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov topshirdi.

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

“Gul bayrami” festivalining tantanali yopilish marosimi yirik konsert dasturi bilan davom etdi.

Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Namanganda 5 kun davom etgan “Gul bazmi”da  Bobur nomli istirohat bog‘ida 5 mln tupdan ortiq gullar ekildi. Gullar ko‘rgazmasida 150 dan ortiq gulchi-tadbirkorlar, 100 dan ziyod korxona va tashkilotlar  tomonidan 60 dan ko‘proq turdagi mavsumiy gullar ko‘rgazmasi hamda 100 dan ortiq badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Gullar bilan bezatilgan 100 dan ziyod avtomobil ishtirokida shahar bo‘ylab gul paradi tashkil etildi.

Festivalga Turkiya, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Eron va boshqa davlatlarda 10dan ortiq jurnalistlar tashrif buyurdi.