OAV: Kim Chen In AQSh bo‘yicha maxsus vakilni qatl ettirdi

Shimoliy Koreyada bir necha diplomatni AQSh foydasiga josuslik qilishda ayblab, otib tashlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-may - Sputnik. Shimoliy Koreyaning AQSh bo‘yicha maxsus vakili Kim Xok Chxol va yana to‘rt nafar shimoliy koreyalik yuqori martabali amaldorlar Xanoydagi sammit muvaffaqiyatsiz yakunlangani sababli qatl ettirildi.

Donald Tramp va Kim Chen In yuzma-yuz uchrashdi

Bu haqda Janubiy Koreyaning “Chosun Ilbo” gazetasi ma’lum qilinmagan manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qatl marosimi Pxenyan shahridan uzoq bo‘lmagan harbiy aerodromda bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, Kim Chen Inning birinchi o‘rinbosari Kim Yon Chxol “qayta tarbiyalanishi” uchun Chagando provinsiyasiga jo‘natilgan. Ma’lumki, bu yerga siyosiy mahkumlarni mashaqqatli mehnatga jalb qilishlari uchun surgun qilishadi.

Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSh uchun yoqimsiz surpriz

Eslatib o‘tamiz, Xanoyda 27-28-fevral kunlari Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida sammit bo‘lib o‘tdi. Donald Tramp va Kim Chen In sammit yakunlarniga ko‘ra kelishuvga erishmadi, biroq uchrashuvni “samarali” o‘tkazishdi.