Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Dushanbe shahar sudi qizining nomusiga bir necha marta tekkan fuqaroni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Dushanbe shahar sudi qizining nomusiga bir necha marta tekkan fuqaroni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar qildi.

Jinsiy aloqa va o‘zini o‘zi o‘ldirishga majburlash: qozog‘istonlik imom jinoyatda gumonlanmoqda

Qayd etilishicha, sud hukmi 2019-yil 28-may kuni o‘qib eshittirilgan. Mahkum Tojikiston JKning 138-moddasi 3-qismi “a” bandida (nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib yoki yaqin qarindoshga nisbatan jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa barcha holatlarini inobatga olib, unga umrbod qamoq jazosini tayinlagan. Shuningdek, jinoyatchi jazoni maxsus tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.

Sputnik Tojikistonning yozishicha, mazkur jirkanch jinoyatga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborganota-ona qo‘lga olingani xabar qilingan edi.