Toshkentda yangi jome masjid qurilishi boshlandi

Qayd etilishicha, 2000 metr kvadrat maydonida quriladigan masjid loyihasi o‘ziga xosligi, milliy hamda zamonaviy masjidlarning uslublarini o‘zida aks ettirganligi bilan ajralib turadi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Toshkent shahri Olmazor tumani “Siroj Solih” jome masjidining yangidan barpo etilayotgan binosining birinchi g‘ishtini qo‘yib berish uchun tashrif buyurdi.

Toshkentda muhtasham masjid ochildi – fotosuratlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, 2000 metr kvadrat maydonida quriladigan masjid loyihasi o‘ziga xosligi, milliy hamda zamonaviy masjidlarning uslublarini o‘zida aks ettirganligi bilan ajralib turadi.

Xonaqoh va pastki qism jami 3500 namozxonni sig‘dirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona o‘rin olishi rejalashtirilgan. 

May oyi boshlarida Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochilgan edi.