Toshkentda egasi vafot etgan uyni 22 500 dollarga pullagan firibgarlar qo‘lga tushdi

Uch fuqaro marhuma 72 yoshli ayolni 2015-yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirishgan.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkentda vafot etgan ayolning uyini sotib yuborgan uch firibgar qo‘lga olindi.

Toshkentda 195 gektar yer maydonni olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, 2018-yil oktabr oyida Sergeli va Chilonzor tumanlarida istiqomat qilgan uch fuqaro marhuma 72 yoshli ayolni 2015-yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirishgan.

So‘ngra ushbu xonadonni boshqa fuqaroga 22 500 dollarga firibgarlik yo‘li bilan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har uchchala firibgar qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.