Tibbiyot mo‘jizasi: vazni 245 gramm bo‘lgan chaqaloq omon qoldi - video

Chaqaloq tug‘ilganda uning vazni 245 gramm bo‘lgan va salkam yarim yil shifoxonada davolandi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. AQShda 23-chi haftasida vazni atigi 245 gramm bo‘lib tug‘ilgan Saybi Sharp Mary Birch gospitali shifokorlari harakatlari tufayli omon qoldi.

“Saybi – Ayova universitetining eng kichkina bolalar rasmiy ro‘yxatiga binoan dunyoda eng kichkina chaqaloq hisoblanishi mumkin”, - deb ta’kidlandi shifoxonada.

Chaqaloqning tug‘ilgan vaqtdan to hozirgi vaqtgacha suratga olingan qisqa film tayyorlandi.

Saybi 2018-yil dekabrda tug‘ildi va besh oy davomida shifoxonada bo‘ldi. Bola vazn to‘plagandan so‘ng uyga qo‘yib yuborildi.

“Homiladorlik davrida onaning hayotiga tahdid solgani uchun bola muddatidan avval tug‘ish amaliyoti o‘tkazildi, bundan tashqari bola vazn yig‘magan”, - deyishdi shifokorlar.

Shifokorlar bola tug‘ilgandan so‘ng darhol o‘lishiga amin bo‘lishgan. Biroq chaqaloq “yashovchanlik” ni ko‘rsatdi va shifokorlar uni davolashga kirishdi.

Ayni paytda bola o‘zini yaxshi his qiladi va boshqa bolalardan farq qilmaydi.

Eng “kichik” omon qolgan yaponiyalik bola hisoblanadi. Tug‘ilganda uning vazni 258 gramm bo‘lgan.