Suriyadan qaytarilgan ona-bolalar sog‘lomlashtirish muassasalarida joylashtirilmoqda

Suriyadan qaytarilgan, og‘ir hayotiy sharoitni boshdan kechirgan o‘zbek fuqarolari sog‘liklarini tiklab olishlari va jamiyatga qaytishlari uchun O‘zbekiston hukumati har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda
Sputnik

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Suriyadan qaytarilgan ona-bolalar sog‘lomlashtirish muassasalarida joylashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri "O‘ztekstilsanoat" uyushmasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Suriya qurdlari O‘zbekistonga "ID" jangarilarining 148 nafar xotin va bolalarini topshirdi

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-may kuni ertalab O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi. Ularning 48 nafari ayollar, 106 nafari bolalar bo‘lib, aldov yo‘li bilan Yaqin Sharqdagi qurollangan mojarolar hududiga olib chiqib ketilgan.

Suriyadan qaytarilgan turli og‘ir hayotiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan o‘zbek fuqarolariga respublika hukumati har tomonlama yordam bermoqda. Jumladan, ularning sog‘lig‘ini qayta tiklash hamda jamiyatga qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga "O‘ztekstilsanoat" uyushmasi tomonidan qaytgan fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda. Xususan, ushbu soha korxonalari tomonidan davlat mablag‘lari hisobiga qaytganlarga sport liboslari, bolalar va kattalar liboslari, chaqaloqlar komplekti, shuningdek ro‘mol, ichki kiyim va boshqa mahsulotlar topshirilgan.

Shu bilan birga, harbiy modarolar zonalaridan ayollar va bolalarni qaytarish ishlari davom etadi, shu munosabat bilan uyushma qaytgan barcha fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatadi.

Qaytarilgan ayollar va bolalar hozirda sog‘lomlashtirish muassasalarida joylashtirilmoqda. Ular tibbiy yordam bilan ta’minlanadi, shuningdek, ularga ruhiy va ijtimoiy ko‘mak, ta’lim va boshqa ijtimoiy dasturlar bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.