Sohibjamol Lola Astanova “Taxt o‘yinlari” serialining musiqasini ijro etdi – video

Lola Astanova “Taxt o‘yinlari” serialining eng mashhur musiqasini ijro etdi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekistonlik pianinochi Lola Astanova “Taxt o‘yinlari” serialining eng mashhur qo‘shig‘ini ijro etdi.

Musiqachi Instagram sahifasida videoni joylashtirdi.

Lola Astanova o‘z postida muxlislari orasida bu serial fanatlari borligini so‘radi.

Yaqinda O‘zbekistonlik pianinochi The Bet nomli yangi klip taqdim etgandi. Bu klip Italiyada tasvirga olingan.

Yangi klipda Lola Astanova bloger-millioner Tom Klaren bilan birga tasvirga tushgan.