Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Asosiy tadbirlar bugun, 30-mayga rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev 29-may kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Toshkent aeroportida Medvedevni respublika Bosh vaziri Abdulla Oripov va Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevlar kutib olishgan.

Asosiy tadbirlar 30-may sanasiga rejalashtirilgan. Kutilishicha, payshanba kuni ertalab Medvedev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, so‘ngra Urgenchga uchadi, va bu yerda bosh vazirlar darajasidagi birinchi yig‘ilishda ishtirok etadi.

Bosh vazirlar darajasidagi yig‘ilish - ikkiyoqlama hamkorlikning yangi formatidir.

YeOII yanada kengayishi mumkin, dedi Medvedev >>>

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik istiqbollari, shuningdek, energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikdagi yirik loyihalarni amalga oshirish borasida muhokamalar olib boriladi.

Turli sohalarda hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Medvedev va Aripov energetika sohasidagi muhim loyihalarni muhokama qilishdi >>>

Eslatib o‘tamiz, hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya o‘tgan yilning oktabr oyida, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuniga ko‘ra tashkil topgan edi. Komissiya ishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ikkiyoqlama harakatlarni muvofiqlashtirib borishdan iborat.