"Bravo" va "Million" konsertlariga bolalarga cheklov o‘rnatilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Madrahimova 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni "Bravo" va Million" jamoalari konsertiga kiritmaslikni taklif etdi
Sputnik

TOShKENT, 30-may - Sputnik. O‘zbekistondagi madaniyat sohasi faxriylari respublikada yoshlar orasida mashhur bo‘lgan "Bravo" va "Million" jamoalarining konsert dasturlariga 16 yoshga to‘lmagan bolalarni kiritmaslikni taklif etdilar, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu taklif 30-may kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishida Respublikada xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Madrahimova tomonidan bildirildi.

Madrahimova "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyi rahbariyatiga 16 yoshga to‘lmagan bolalarni "Million" va "Bravo" jamoalari konsertiga kiritmaslik haqida kengash qarorini taqdim etish zarurligi haqida ta’kidladi.

"Bolalar "Bravo"ga ham kirib kelyapti, "Million" konsertiga ham. Ular bola-ku, nima oladi bu konsertdan?", - dedi Madrahimova.

"Bravo" va "Million" konsertlariga bolalarga cheklov o‘rnatilishi mumkin

Madaniyat sohasi vakili bolalarni ular yoshlariga mos bo‘lgan tadbirlarga olib borish kerak, deya qo‘shimcha qildi.

Shamani "shama" qilgan Million" >>>