AQShda Oq uy oldida erkak o‘zini yoqib yubordi – video

AQSh maxfiy xizmati xabariga ko‘ra, Oq uy oldida joylashgan Ellips parkida noma’lum erkak o‘zini o‘zi yoqib yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Noma’lum erkak Oq uy oldidagi Ellips parkida o‘ziga o‘t qo‘ydi.

Bu haqda AQSh maxfiy xizmati xabar qildi.

Voqea 29-may kuni kunduzi sodir bo‘ldi. O‘sha vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriy binolardan birida bo‘lgan.

Internetda joylashtirilgan videoda Oq uy va Kapitoliy o‘rtasida Vashington haykali yaqinida erkakning kiyimlari yongani aks etgan.  

Maxsus xizmat va politsiya xodimlari erkakka birinchi yordam berishdi.

Hozirgi vaqtda u shifoxonaga yotqizildi.