TOShKENT, 29-may – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy instagramda shaurma bilan selfi tushgan rasmni joylashtirdi.
“Ish jadvali tig‘iz bo‘lganda, shaurma yordam berishi mumkin. Ko‘rib turganingizdek, bunda hech qo‘rqinchli, noqulay va sharmandali narsa yo‘q”, - deb yozgan Zelenskiy.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarga yaqinroq bo‘lishga yordam beradi.
“Bu yana – “bronzalashib”, odamlardan uzoq bo‘lmaslikka yordam beradi. Hukumatda bo‘lganlar uchun foydali. Tavsiya qilaman”, - deb yozgan Ukraina yetakchisi.
O‘tgan haftada prezident Kiyev ahlini shahar kuni bilan tabriklaganda shaurmani esga olgandi.
U o‘z chiqishida “Jo‘ka daraxtining gullashi va metro oldida shaurmaning hidi Kiyevni Kiyev qiladi” deb gapirdi. Bu so‘zlar internetda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.