Toshkentdagi soliqchilarning 25 foizi attestatsiyadan o‘ta olmadi va ishdan bo‘shatiladi

Yangi xodimlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may - Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasida Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Soliqchilar tadbirkorlarni ommaviy tekshirishni boshladi

Attestatsiya yakunlariga ko‘ra poytaxtdagi davlat soliq xizmati organlarining 1100 xodimidan 43 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, 32 foizi shartli ravishda tasdiqlandi, 25 foizi esa o‘z bilimlarini tasdiqlay olmadi.

Soliqchilar faqat o‘zlarining xizmat vazifalari yuzasidan qo‘yilgan savollarga javob berishgan. Shuningdek, barcha savollar oldindan ichki korporativ tarmoq orqali e’lon qilingan bo‘lgan.

Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan o‘ta olmadi

Ushbu attestatsiyani o‘tkazishdan maqsad – xodimlar orasida kuchli va o‘qimishli mutaxassislarni aniqlab, ularni yuqoriroq lavozimlarga tayinlash bo‘lgan.

Endilikda bo‘sh qolgan o‘rinlarga tanlov asosida yangi xodimlar qabul qilinadi.