TOShKENT, 29-may - Sputnik. Caravan Group restoranlar tarmog‘i asoschisi Temur Musin bundan buyon O‘zbekistonda biznes bilan shug‘ullanish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Facebook. ᾽dagi sahifasida post yozib qoldirgan.
“Toshkentga tadbirkorlar, ish o‘rinlarini barpo qilish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish kerak emas. O‘rta Osiyo mehmonnavozligi bo‘yicha bilim, tajriba va falsafalarimni eksport qilaman! Karavan — Ostona!!!”, — deb yozgan tadbirkor.
Ko‘pchilik internet foydalanuvchilari bu xabarni afsus bilan qabul qilib, dalda so‘zlarini yozishdi.
“Tima, omad tilayman! Juda afsus! Sening tarmog‘ing yagona va zo‘r edi! Har yerda omad hamisha yor bo‘lsin!”, - deya yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Sizni shaxsan bilmayman, lekin Karavaningiz bu Afsona! Sizning o‘zgacha restoranlaringiz – Toshkent ko‘rki! Juda afsus!”, - deya yozadi boshqasi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida Caravan Group'ga tegishli Cinara’s restoran majmuasi kimoshdi savdoga qo‘yilgani xabar qilingan edi.