Qanday qilib qorinni yo‘qotsa bo‘ladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

Olimlar fikriga ko‘ra, kuniga uch marta qisqa mashqlar qorin qismida yog‘ni yo‘qotish uchun yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Amerikalik olimlar qorin qismidagi yog‘ni yo‘qotish uchun kisqa mashqlar yordam berishi haqida xulosaga kelishdi. Bu haqda MedicalXpress xabar qildi.

Olimlar ko‘zni ko‘r qiladigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yosh o‘tishi bilan mushak massasi qisqarishi kuzatiladi va bu o‘z navbatida ko‘p hollarda qorin va badaning tepa qismida yoq to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Bu qorin semizligi deyiladi, bu esa yurak-qon kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi.

Olimlar tadqiqot o‘tkazdi, unda 70 yoshli kishilar ishtirok etdi.

Ularning yarmi 10 hafta mobaynida kuniga 3-marta qisqa mashqlarni bajarishadi. Qolganlar esa odatdagi hayot tarzini olib borishadi.

Boshida mashqlar 18 daqiqa davom etdi, biroq asta-sekin ularning davomiyligi 36 daqiqaga yetdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sport bilan shug‘ullanganlarning yog‘ massasi turmush tarzini o‘zgartirmagan kishilar bilan taqqoslaganda uchdan bir qismga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ularning mushaklari ham ko‘paydi.

Shu bilan birga, mutaxassislar ta’kidlashicha, qisqa mashqlar erkaklarda eng samarali natija berdi.

Bundan avval Sputnik olimlar tadqiqotiga asosan ko‘rish qobiliyatini keskin yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida xabar qilgandi.