Men qaytdim: Saakashvilining partiyasi parlament saylovida ishtirok etadi

Mixail Saakashvili yetakchilik qilgan “Yangi kuchlar harakati” partiyasi Oliy rada navbatdan tashqari saylovlarda ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili “Yangi kuchlar harakati” partiyasining yetakchisi hisoblanadi.

Zelenskiy Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi

Uning partiyasi Oliy rada navbatdan tashqari saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirdi.  Bu haqda partiya kengash a’zosi David Sakvaralidze.

“Biz partiya sifatida bu saylovda qatnashamiz. Biz siyosiy kuch sifatida amalga oshirishni istagan o‘sha falsafa va loyihalarni himoya qilamiz”, - dedi Sakvaralidze.

Navbatdagi parlament saylovlarini oktabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgandi. Biroq prezident Vladimir Zelenskiy lavozimga kirishgandan so‘ng Rada vakolatlarini muddatidan avval yakunlash haqida qarorni imzolab, navbatdan tashqari saylovlarni 21-iyul kuniga tayinladi.

Kuni kecha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashviliga mamlakat fuqaroligini qaytardi.

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013-yilda tark etgan. Gruziyada unga nisbatan qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va ulardan ba’zilari bo‘yicha sirtdan qamoq jazolari tayinlangan.

2015 yil bahorida Potr Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berib, uni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan. Biroq Saakashvili viloyatni rivojlantirish bo‘yicha va’dalarni bajarmagani va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirib yuborgani uchun Poroshenko 2016-yil noyabr oyida uni lavozimdan ozod qilgandi.