Ko‘p e’tirozlarga uchragan qozog‘istonlik model yana muxlislarni hayratda qoldirdi

Nur-Sultonda o‘tkazilgan moda tadbirida qozog‘istonlik model Dianagul Tasova hijobda paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Taniqli qozog‘istonlik model Dianagul Tasova o‘z libosi bilan yana muxlislarni hayratda qoldirdi. Bu safar u moda tadbirida hijobda ko‘rinish berdi.

Bu haqda model o‘zining Instagram-akkauntda o‘rtoqlashdi.

Modelning libosi muxlislarga juda yoqdi. Ko‘pchilik ijobiy mazmundagi izohlar yozdi.

“Menda ikkita yangilik bor. Birinchisi – men baribir boshqalardan farq qilaman, buni o‘zgartirish befoyda. Ikkinchisi – bundan foydalanishim mumkin”, - deb yozgan Dinagul Tasova.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval sobiq deputat Dinagul Tasova ko‘plab qozog‘istonliklarni shok holatiga keltirib, ularning e’tirozlariga uchragandi.

Xususan, Tasova Kazakhstan Fashion Week ko‘rgazmasi ichki kiyimsiz bo‘lgan libosda chiqish qilgan.

Bu Tasovaning omma oldida ochiq kiyimda birinchi chiqishi emas.

Bundan avval Kaznetda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ham juda ochiq libosda podiumdan o‘tgan. Uning suratlari internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. O‘sha vaqtda qozog‘istonliklar modelni tanqid qilishgandi.