Frank-Valter Shtaynmayer Gote haykalini ochib berdi

Shtaynmayer ikki nafar o‘zbekistonlik nemis tili mutaxassisini "Germaniyaga xizmat ko‘rsatgani uchun" ordeni bilan mukofotladi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gote institutida Yohann Volfgang Gote haykali va bog‘i ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Frank-Valter Shtaynmayer Gote haykalini ochib berdi

Germaniya prezidenti Gote instituti faoliyati bilan tanishib, O‘zbekistonda ushbu buyuk nemis mutaffakkiri siymosiga ko‘rstilayotgan ehtirom mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishga, madaniy-ma’rifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Frank-Valter Shtaynmayer institutda til o‘rganayotgan yoshlar, madaniyat va san’at namoyondalari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.

Frank-Valter Shtaynmayer Gote haykalini ochib berdi

Toshkentdagi Gote institutining asosiy maqsadi nemis tilini o‘rgatish, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Hozirgi institutning til o‘qitish markazlarida 4 mingdan ziyod mamlakatimiz fuqarosi nemis tilini o‘rganmoqda.

Mehmon ikki o‘zbekistonlik – Germaniya elchixonasi tarjimoni Mukarram Karimova va Marg‘ilon shahridan nemis tili o‘qituvchisi Lidiya Osinani “Bundesverdienstkreuz” (“Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat ko‘rsatgani uchun”) ordeni bilan mukofotladi.

Frank-Valter Shtaynmayer Gote haykalini ochib berdi

Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekistonda Germaniya akademik almashuvlar xizmati, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armalarining vakolatxonalari, Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha instituti kabi GFRning ko‘plab ilmiy-ma’rifiy tashkilotlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi 1842 maktabda 377 mingdan ziyod o‘quvchi nemis tilini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik 700 dan ortiq talaba, ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqda.