Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi - britaniyalik olim tadqiqoti

Turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar jamiyatda eng baxtli odamlar - professori Pol Dolan.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar jamiyatda eng baxtli odamlar ekan, buni London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi professori Pol Dolan ma’lum qildi. "Izvestiya" xabariga asosan.

Qanday qilib qorinni yo‘qotsa bo‘ladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

Britaniyalik olim AQShda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asosan ushbu xulosaga kelgan.

Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, turmushga chiqqan ayollarning ko‘pchiligi turmush o‘rtog‘i yonida bo‘lgan paytda, baxtli ekanini aytishadi.

Agar ular yolg‘iz qolib savollarga javob berganda, birinchi navbatda turmush va o‘zaro munosabatlardagi qiyinchiliklardan shikoyat qilishdi.

Olim fikriga ko‘ra, turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar aynan shunga o‘xshagan muammolar bo‘lmaganligi tufayli ular baxtli.

Ammo oila qurish - muvaffaqiyat belgisi hisoblangan jamiyatda uning bosimi ostida yolg‘iz ayollarda baxtli bo‘lish hissini kamaytiradi.

Ta’kidlanishicha, asosan oila qurishdan ko‘proq erkaklar foyda ko‘radi, ular to‘g‘ri hayot, kamroq xavf-xatarga tushish va ko‘proq pul topishga harakat qiladi.

Ayollar erga tegishdan kamroq foyda ko‘radi, chunki ularda turli tashvishlar ko‘payadi. Shu sababli, olim yolg‘iz ayollar turmushga chiqqan ayollarga qaraganda ko‘proq umr ko‘radi deb hisoblaydi.