O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

Volkswagen Amarok avtomobillarini ishlab chiqarish Samarqanddagi “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonda Volkswagen bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Kelajak avtomobili qanday bo‘lishi kerak?

Ushbu hamkorlik haqidagi xabarlar ilk bor o‘tgan yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda "O‘zavtosanoat" va Volkswagen O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarning bir necha modellarini ishlab chiqarish haqida kelishib olishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bosh vazir Abdulla Aripovning Germaniyaga safaridan so‘ng, O‘zbekistonda Volkswagen konserni bilan hamkorlikda Volkswagen Amarok – pikap avtomobilini ishlab chiqarish xabar qilingan edi. Ishlab chiqarishni Samarqanddagi “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida, CKD texnologiyasi asosida, ya’ni kichik-bo‘laklardan jamlash uslubida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.