Tadbirga 16 mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurdi.
Yomg‘ir va momaqaldiroq milliy kiyimlaridagi 3 mingdan ziyod ishtirokchilar karnay va surnay sadolari ostida tarixiy shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishiga to‘sqinlik qila olmadi.
An’anaga ko‘ra Ko‘hna Ark qal’asidan yo‘lga tushgan karvonga monand turli xalqlar milliy kiyimlaridagi ishtirokchilar obidalar joylashgan ko‘chalar orqali Labi hovuz majmuasiga kirib borishdi Unda artistlar va maxsus ta’lim o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Festivalning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik, xalq xo‘jaligi yutuqlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirish.
Festival qanday o‘tganini Sputnik O‘zbekiston lavhasida tomosha qiling.