Yakubovich "Pole chudes" ko‘rsatuvi sirini ochdi

Kapital-shou "Pole chudes" - millionlab muxlislarga ega ko‘rsatuv, odamlar uni tomosha qilish uchun har jumani intiqlik bilan kutadilar
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. "Pole chudes" ("Mo‘’jizalar maydonchasi") ko‘rsatuvi boshlovchisi Leonid Yakubovich Baltkom radiosiga bergan intervyusida o‘z faoliyati sirlari haqida gapirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi

Teleboshlovchining tan olishicha, u hech qachon o‘zi boshlovchilik qiladigan ko‘rsatuvni televizor orqali tomosha qilmagan, va u hamon nega efirdan tushmay kelayotganiga ham aniq javob aytolmaydi.

"Bu ko‘rsatuv 29-yildan beri yashab kelayotgani sirini men ham tushunmayman. Rost aytapman, hazillashayotganim yo‘q", - deydi u.

Shu bilan birga, Yakubovich, har safar "Motor!" buyrug‘i berilishi hamon, u bundan boshqacha lazzatlanishini ta’kidladi. Teleboshlovchining aytishicha, teletomoshabinlar suratga olish maydonida hukm suradigan muhitni baribir to‘liq his qila olmaydilar.

Odamlar zalda juda xursand o‘tirishadi, kulishadi, ko‘rsatuv ishtirokchilari hazil qiladilar, ammo efirga bularning bir qismi olib chiqiladi, xolos. Asosan, bu "savol-javoblar" bo‘ladi.

"Montaj" deb nomlanuvchi buyuk va shu bilan birga qayg‘uli bir tushuncha bor. <…> Ko‘rsatuvdagi iliqlik, xo-xolab kulishlar va yumor ba’zan qirqib tashlanadi, bu esa albatta, ko‘rsatuv kayfiyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi", - deb qo‘shimcha qiladi Yakubovich.

Kapital-shou "Pole chudes" — 1990-yildan buyon ekrandan tushmay kelayotgan teleko‘rsatuvdir. Birinchi boshlovchisi Vladislav Listyev bo‘lgan.

Birinchi yil ko‘rsatuv goh payshanba, goh seshanba kunlari ekranga chiqqan bo‘lsa, 1991-yilning 7-iyun sanasidan hozirga qadar - har juma kechqurun boshlanadi. Leonid Yakubovich o‘zining birinchi efirini 1991-yilning 22-noyabrida boshlagan.